Bizning xizmatlar
Kompaniya haqida ma'lumotlar
FLY ZONE — sayohat olamidagi ishonchli hamkoringiz.
Biz butun O‘zbekiston bo‘ylab ichki turlarni tashkil qilamiz hamda O‘zbekistondan istalgan yo‘nalish bo‘yicha sayohatlar taklif etamiz.
Yurtimizning go‘zal manzaralaridan tortib, dunyoning mashhur kurortlarigacha — biz sayohatingizning har bir tafsilotini e’tiborda tutamiz.
Nega bizni tanlashadi:
Har bir mijozga individual yondashuv
Qiziqish va byudjetingizga mos yo‘nalish tanlash
Safarning barcha bosqichlarida to‘liq hamrohlik
Ishonchli hamkorlar va qulay sharoitlar
Xavfsizlik va qulaylikka e’tibor
Oson sayohat qiling — FLY ZONE!
Xizmatlar
FLY ZONE keng qamrovli turistik va qo‘shimcha xizmatlarni taklif etadi.
Ichki va xalqaro turlarni tashkil etishdan tashqari, biz yozma va og‘zaki tarjima xizmatlarini rus, ingliz, ispan va boshqa tillarda taqdim etamiz. Tarjimonlarimiz turistik, ishbilarmonlik, huquqiy, texnik va madaniy matnlar bilan ishlaydi, shuningdek uchrashuvlar, muzokaralar, ekskursiyalar va tadbirlarda mijozlarga hamrohlik qiladi. Biz tarjimalarning aniqligi, maxfiyligi va madaniy mosligini kafolatlaymiz, shunda sizning muloqotlaringiz doimo yuqori darajada bo‘ladi.